Navoiy viloyatida qariyb 1100 gektar maydonda turar joy va savdo binolari, universitetlar kampusi, kutubxona, sun’iy ko‘l va boshqalarni o‘z ichiga olgan Yangi Navoiy shaharchasi qurilishi boshlandi. Shuningdek, 50 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i tashkil etiladi.
Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i 1-iyun kuni plyajiga 10 mingta o‘yinchoq o‘rdak tushirmoqchi. Ekologiya vazirligi bu kabi holatlar javobgarlikka sabab bo‘lishini bildirib, yangilikni “keskin qoraladi”.
Toshkentga kelgan Rossiya prezidenti O‘zbekiston prezidenti hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi. Vladimir Putin Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yib, Yangi Toshkent me’moriy ansambli va qurilish loyihasi bilan tanishdi. Foto.
Mustaqillik maydonidagi 1992 yili «vaqtincha» o‘rnatilgan globus (Ozodlik obidasi) tagiga 17 yil avval ona va bola haykali qo‘yilgandi. U salkam 15 yil O‘zbekistonning oliy mehmonlari uchun birinchi manzil bo‘ldi, Islom Karimov esa bu monument «kelin-kuyovlar uchun sevimli qadamjo»ga aylanishiga ishongandi.
Mustaqillik bayrami sharafiga payshanba kuni soat 21:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mushakbozlik bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi «Istiqlol» monumentining gips qismlariga zarar yetgani aks etgan suratlar tarqaldi. Bog‘ rahbariyati gipsli parchalar ikki oy ichida bronzaga almashtirilishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonning eng baland sanalgan bosh Yangi yil archasi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘rnatildi. Ushbu bog‘ga tashrif buyuruvchilar uchun 20 dekabrdan 10 yanvargacha «Do‘stlik metrosi — Yangi O‘zbekiston bog‘i» yo‘nalishida maxsus bepul avtobuslar ishga tushirildi.
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy “Eko shahar” barpo etishni taklif qildi. Shaharchada 25 qavatgacha bo‘lgan uylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, 70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bunyod qilinadi.
Namangan viloyatida «Yangi O‘zbekiston» bog‘ini qurish rejalashtirilmoqda. U Toshkent viloyatida barpo qilingani kabi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ifodalovchi daraxtning beshta shoxi ko‘rinishida bunyod etiladi. Shuningdek, «Yangi Namangan» shaharchasini qurish ham rejalashtirilmoqda.
Bu yilgi Mustaqillik bayrami «Yangi O‘zbekiston» bog‘ining amfiteatrida o‘tkazildi. Unda nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev birinchi prezident Islom Karimov amalga oshirgan ulkan ishlarni esga oldi. Qolaversa, oktabrdagi prezident saylovi va Afg‘oniston voqealari haqida ham fikr bildirdi. O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixini aks ettirgan Mustaqillik bayrami «Gazeta.uz» fotoreportajida.
Shavkat Mirziyoyev sentyabrda ochilishi rejalashtirilayotgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i qurilishini ko‘zda kechirib, «Istiqlol» majmuasi bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev Qibray tumanida «Yangi O‘zbekiston» bog‘i qurilishi bilan tanishdi. Manzarali daraxtlar ekiladigan bog‘da «Istiqlol» majmuasi, amfiteatr, sun’iy ko‘l, sport va bolalar maydonchalari hamda boshqalar barpo etiladi.
Toshkent yaqinida barpo etilayotgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i va «Istiqlol» majmuasi qurilishining pudratchisi, davlat xaridlari portali ma’lumotlariga ko‘ra, Mimar Group hisoblanadi.
Qibrayda «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, «Istiqlol» majmuasi va boshqa ob’ektlar quriladigan maydondagi 8 ga qulupnay dalasi buldozerda buzib tashlandi. Yer egasi va ijarachilariga tovon pulini to‘lashga va’da berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting